Fuqaroning murojaatiga yechim topildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanida yashovchi fuqaro A.N. tuman markazida joylashgan “I” do‘konidan “Beryoza M 920 MR” markali muzlatkich sotib olgan. Oradan ko‘p o‘tmay muzlatkich ishlamay qolgan. So‘ng iste’molchi do‘kon servis markaziga bog‘lanib, tuzatib berishini so‘ragan.
Biroq hech qanday tuzatish ishlari amalga oshirilmaganligi sababli Qorao‘zak tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. Ushbu murojaat mutaxassislar tomonidan tegishli tartibda o‘rganilib, do‘kon rahbari va sotuvchisiga tushuntirish ishlari olib borildi va fuqaroning muammosi ijobiy hal etildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.