O‘zbekiston va Armaniston siyosiy maslahatlashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston va Armaniston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvning navbatdagi bosqichi Yerevanda bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga ikki davlat tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari Bobur Usmonov va Mnatsakan Safaryan raislik qildi.
Muloqot davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqboli muhokama qilindi. Oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlar davomida belgilangan maqsadga yo‘lida erishilgan yutuqlar ko‘rib chiqildi.
Suhbat chog‘ida sanoat hamkorligi, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi, raqamli texnologiya, turizm va ta’lim sohalaridagi mavjud salohiyatdan foydalanishga alohida e’tibor qaratildi.
S.Rahimov, O‘zA