Oʻzbekiston ot sportidagi mavqeini mustahkamlamoqda
Lozannada bo‘lib o‘tgan forumda Xalqaro ot sporti federatsiyasi (FEI) prezidenti Ingmar De Vos O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyevni yuqori natija bilan tabrikladi.
Mamlakat tarixida ilk bor bir yilning o‘zida ikkita litsenziya qo‘lga kiritildi: Bekzod Qurbonov AQSHning Texas shtatida bo‘lib o‘tadigan Jahon kubogi finalida va Germaniyaning Aaxen shahrida o‘tkaziladigan Jahon chempionatida ishtirok etadi.
Bu natijalar O‘zbekistonning ot sporti sohasidagi mavqei jadal o‘sib, mustahkamlanib borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.
O‘zA