Superliga 10-tur yakunlari (+video)
O‘zbekiston Superligasida 10-tur uchrashuvlari ortda qoldi. Ushbu tur Superligamizda turnir jadvali peshqadami o‘zgardi. Sababi, "Paxtakor" o‘z maydonida o‘tgan bellashuvda "Nasaf" bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. "Neftchi" esa "Qo‘qon-1912"ni yirik 4:0 hisobida taslim etib, yana jadvalda peshqadamga aylanib oldi.
Darvoqe, "Andijon" ham Samvel Babayan jamoani tark etganidan so‘ng ancha stabil natijalar qayd etishni boshladi. "Burgutlar" o‘tgan turda "Bunyodkor"ni, bu turda esa "Dinamo"ni taslim etib, o‘z muxlislarini xursand qila boshladi. "Mash’al" hamon o‘zining ilk ochkosini qo‘lga kirita olmayotgan bo‘lsa, katta maqsadlarni oldiga qo‘ygan "Navbahor" ikki turdirki, g‘alaba qozona olmayapti. Jamoa bu turda "Bunyodkor"ga imokniyatni boy berib qo‘ydi.
Batafsil esa videoda to‘xtalganmiz. Superliga 10-tur o‘yinlari sharhini O‘zA "You Tube" sahifasida tomosha qiling:
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/FPfuXbQY5OM" title="Superliga 10-tur yakunlari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Karim Xudoyqulov, O‘zA