Osiyo chempionatida 12 nafar bokschimiz final yo‘llanmasi uchun jang qiladi
Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da boks bo‘yicha kichik o‘smirlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida bugun yarim final bosqichiga start beriladi.
Chempionatning kichik o‘smir qizlar o‘rtasida final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan bellashuvlarida 12 nafar charm qo‘lqop ustalarimiz ringga ko‘tariladi:
-33 kg: Odina Yusupova – Ihala Vadiye (Shri-Lanka)
-35 kg: Sarvinoz Zoirova – Aisha Nassanova (Qozog‘iston)
-37 kg: Sarvinoz Risqulova – Anzeye (Hindiston)
-40 kg: Ominaxon Nosirova – Aiganish Raxmanaliyeva (Qirg‘iziston)
-43 kg: Nargiza Serikbayeva – Han-Hsi Chen (Xitoy Taypeyi)
-49 kg: Zebiniso Abdullayeva – Xushi Rana (Hindiston)
-55 kg: Bahora Mahmudjonova – Yuyi Kvak (Janubiy Koreya)
-58 kg: Muqaddas Zokirova – Sezim Aftandilova (Qirg‘iziston)
-61 kg: Zuhra Ismailova – Aiaru Fayzullayeva (Qozog‘iston)
-64 kg: Malika Ulug‘bekova – Saule Tozonova (Qirg‘iziston)
-70 kg: Xonzodabegim Baratova – Yerkenaz Yerbolkizi (Qozog‘iston)
+70 kg: Zahro Daniyorova – Manvi (Hindiston).
Qayd etish joiz, Toshkent mezbonlik qilayotgan mazkur nufuzli musobaqa nafaqat yosh iste’dodlarni kashf etish, balki O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA