Namanganda karting bo‘yicha viloyat chempionati o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
9-may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati Kengashi tashabbusi bilan karting bo‘yicha viloyat chempionatining birinchi bosqich musobaqasi o‘tkazildi.
Uchqo‘rg‘on tumani o‘quv sport texnika markazi kartodromida tashkil etilgan musobaqada Toshkent shahri, Farg‘ona, Andijon viloyatlari hamda Namangan viloyatdagi shahar va tuman o‘quv sport texnika markazlaridan jami 9 ta jamoa ishtirok etdi.
Musobaqada 65 nafardan ziyod sportchi “Mikro”, “Mini”, “Supermini”, “OK-Junior”, “Patriot”, “KF”, “KZ” hamda “T–4 Patriot o‘smirlar” sinflari bo‘yicha bahs olib bordi.
[gallery-29338]
Yakuniy natijalarga ko‘ra, To‘raqo‘rg‘on tuman o‘quv sport texnika markazi jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rin Namangan tuman o‘quv sport texnika markazi, uchinchi o‘rin esa Chortoq tuman o‘quv sport texnika markazi jamoasiga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlarga diplom va medal topshirildi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA