Neymar Gaitiga qarshi bahsda ham Braziliya terma jamoasiga yordam bera olmaydi
Terma jamoa murabbiylar shtabi esa uning o‘yinlarga qaytishiga ortiqcha ishonmayapti.
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar ikkinchi turda ham maydonga tushmaydi.
Braziliya OAVlarining xabar berishicha, hujumchi jarohatdan so‘ng tiklanish jarayonini davom ettirmoqda va hozircha individual dastur bo‘yicha shug‘ullanmoqda. Futbolchi davolanishni jismoniy mashqlar bilan davom ettirmoqda, biroq hali umumiy guruhga qaytish bosqichiga yetib kelmagan. Qayd etilishicha, Neymar yaqin kunlarda navbatdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Terma jamoa murabbiylar shtabi esa uning o‘yinlarga qaytishiga ortiqcha ishonmayapti.
Braziliya mundialning ikkinchi turida Gaitiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 20-iyun kuni tonggi soat 05:30da start oladi.