Lionel Skaloni: Jazoyirning tezkor, hujumkor va fizik hamda texnikasi yuqori futbolchilari bor
Murabbiyning qo‘shimcha gaplariga ko‘ra, Lionel Messi va Xulian Alvares bugungi bellashuvni asosiy tarkibda boshlaydi.
Argentina terma jamoasi ustozi Dionel Skaloni Jazoirga qarshi bo‘lajak o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Birinchi tur har doim ham terma jamoaning haqiqiy kuchini aks ettira olmaydi. Ispaniyani bunga misol qilishimiz mumkin. Ular g‘alaba qozonishi taxmin qilingan bo‘lsa-da, Kabo-Verdeni mag‘lub eta olmadi. Bu qiyin raqibga aylandi. Barcha jamoalarda daraja oshdi.
Jazoir juda yaxshi jamoa. Ular tarkibida tezkor, hujumkor, yaxshi fizikalari va texnikasi yuqori futbolchilar yetarlicha topiladi. Bu jamoa bilan o‘yinda ehtiyot bo‘lish kerak va ularni hurmat qilamiz. Ular bizga qiyinchilik tug‘dirishi aniq. Natijaga erishish uchun yaxshi o‘yin namoyish etishimiz kerak", - dedi Skaloni.
Murabbiyning qo‘shimcha gaplariga ko‘ra, Lionel Messi va Xulian Alvares bugungi bellashuvni asosiy tarkibda boshlaydi.