Kabo-Verde darvozaboni Vozinya va ispaniyalik Lamin Yamal rekord o'rnatdi
Avvalgi rekord 2010 yilgi Jahon chempionatida qayd etilgan bo‘lib, Angliya darvozaboni Devid Jeyms va Jazoir yarim himoyachisi Riyad Budebuz o‘rtasidagi yosh farqi 19 yoshni tashkil etadi.
2026 yilgi Jahon chempionatining Ispaniya va Kabo-Verde o‘rtasidagi bahsi (0:0) nafaqat sensatsion natija, balki tarixiy rekord bilan ham yodda qoldi.
Ushbu uchrashuvda Kabo-Verde darvozaboni Vozinya hamda Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal maydonga tushdi. Ular o‘rtasidagi yosh farqi 21-yil va 45 kunni tashkil qildi. Bu esa Jahon chempionatlari tarixida bir o‘yinda ilk bor ishtirok etgan futbolchilar orasidagi eng katta ko‘rsatkich sifatida qayd etildi. 40 yoshli Vozinya Ispaniyaga qarshi bahsda bir nechta muhim seyvlarni amalga oshirib, jamoasiga tarixiy durangni taqdim etdi. 18 yoshli Lamin Yamal esa ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushib, Ispaniya hujumlarini kuchaytirishga harakat qildi, ammo gol urishning uddasidan chiqa olmadi. Avvalgi rekord 2010 yilgi Jahon chempionatida qayd etilgan bo‘lib, Angliya darvozaboni Devid Jeyms va Jazoir yarim himoyachisi Riyad Budebuz o‘rtasidagi yosh farqi 19 yoshni tashkil etadi.