Mahallalarda sport va sog‘lom turmush targ‘iboti kuchaymoqda
FOTOREPORTAJ
Navoiy shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 30 yoshdan yuqori aholi o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Mahalla ligasi” sport musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Navoiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari J. Xo‘jayev, viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i J. Murtozayev, mahallalar uyushmasi, oila va xotin-qizlar boshqarmasi vakillari, nuroniylar, mahalla faollari, murabbiylar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
[gallery-29421]
Musobaqalar 30 yoshdan yuqori aholi o‘rtasida sportning mini-futbol, voleybol, stol tennisi, stritbol, vorkaut, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha uch bosqichda o‘tkaziladi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilayotgan mazkur sport musobaqalari aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ommaviy sportni rivojlantirish va mahallalarda jismoniy faollikni oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, musobaqalar mahallalarda ahillik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, turli yosh vakillarini sport atrofida birlashtirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA