JCH-2026: “G” va “N” guruhlarida kurash qizg‘in bo‘ladi
AQSH, Kanada va Meksika davlatlarida o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha XXIII Jahon chempionatining “G” va “N” guruhlarida birinchi tur bahslari yakunlandi.
Jumladan, “G” guruhida Belgiya va Misr terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Eron hamda Yangi Zelandiya uchrashuvi esa 2:2 hisobida o‘z nihoyasiga yetdi. Uchrashuvdagi gollarga Eli Djast (dubl), Ramin Rizoyan va Muhammad Mohebbi mualliflik qildi.

Birinchi turdan so‘ng har bir jamoa hisobida 1 ochko mavjud. Guruhning ikkinchi tur bahslari 21-22-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda Belgiya — Eron, Misr — Yangi Zelandiya to‘qnashadi.

“N” guruhida Ispaniya va Kabo-Verde terma jamoalari golsiz durang qayd etdi. Urugvay hamda Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi bahs esa 1:1 hisobida yakunlandi.
Natijada birinchi turdan keyin barcha jamoalar hisobida bir ochkodan bor. Gollar nisbatiga ko‘ra, Urugvay guruh yetakchisi bo‘lib turibdi. Keyingi o‘rinlarni Saudiya Arabistoni, Ispaniya va Kabo-Verde terma jamoalari egallagan.
Ikkinchi turda Ispaniya 21-iyun kuni Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushsa, Urugvay 22-iyun kuni Kabo-Verde bilan kuch sinashadi.

Mamlakatimiz vaqti bilan 16-iyundan 17-iyunga o‘tar kechasi “I” va “J” guruhlarida ham birinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi:
23:59 — Fransiya — Senegal
03:00 — Iroq — Norvegiya
06:00 — Argentina — Jazoir
09:00 — Avstriya — Iordaniya
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA