Jahon chempionati uchun ishlab chiqarilayotgan "Adidas Trionda" to‘plari rekord summada sotiladi
To‘pning narxi 150 yevroni tashkil qiladi va bu jahon chempionatlari tarixidagi rekord narx hisoblanadi.
Joriy yilning yozida AQSh, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati uchun maxsus ishlab chiqarilayotgan to‘plar va pokistonlik ishchilarning ish haqi o‘rtasidagi nomutanosiblik tufayli Yevropa OAVlarida bahs-munozaralar avj olmoqda.
To‘pning narxi 150 yevroni tashkil qiladi va bu jahon chempionatlari tarixidagi rekord narx hisoblanadi. Ammo pokistonlik ishchilarga har bir to‘p uchun 1 yevrodan to‘lanadi, shu sababdan ham britaniyaliklar shov-shuv ko‘tarmoqda.
"Adidas" va FIFA ushbu to‘plarni yaratuvchi barcha xodimlarlar munosib hayot kechirishi va o‘z oilalarini boqishi uchun kafolat berishi kerak. Yolg‘on butun o‘yinning asosiy ramzini yaratishdan boshlansa, qanday qilib adolatli o‘yinni talab qilishimiz mumkin", - dedi Britaniya OAV vakili.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati bahslariga 11-iyun kuni start beriladi.