Portugaliya terma jamoasining yarim himoya chizig‘i joriy mavsumda dahshatli natijalar ko‘rsatmoqda
Portugaliya jahon chempionatining guruh bosqichida Kolumbiya, Kongo DR va O‘zbekiston terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan bir guruhdan joy olgan Portugaliya terma jamoasining yarim himoya chizig‘idagi asosiy futbolchilari qanday natija qayd etayotgani bilan tanishing.
"Manchester Yunayted" safida super mavsum o‘tkazayotgan Brunu Fernandesh joriy mavsumda umumiy 34ta uchrashuvda maydonga tushib, 8ta gol va 21ta golli uzatmani amalga oshirgan. Portugallarning yana ikki asosiy xavbegi esa PSJ sharafini himoya qilmoqda. O‘tgan mavsumda Oltin to‘p uchun asosiy favoritlardan biri bo‘lgan Vitinya joriy mavsumda 46ta bellashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 10ta assistni yozdirib qo‘ygan. Bundan tashqari, Vitinya parijliklarning maydondagi dirijyoriga ham aylanib ulgurgan. Jamoaning yana bir liderlaridan biri Joau Nevesh hisoblanadi. 21 yoshli xavbek terma jamoada ham klub tarkibida ham asosiy figuralardan biri sanaladi. Nevesh joriy mavsumda barcha turnirlarda 33ta bahsda qatnashib, 7ta gol urdi va 4ta golga hammualliflik qildi. Bundan ko‘rinib turibdiki, jamoaning nafaqat hujum chizig‘i balki yarim himoyachilari ham gollar urishni qoyillatadi.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya jahon chempionatining guruh bosqichida Kolumbiya, Kongo DR va O‘zbekiston terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.