O'zbekiston milliy terma jamoasi xorijiy nashrlarni qiziqtirib qo'ydi
Braziliyaning “fotosfutfc” futbol sahifasi “oq bo‘rilar”ning turnir uchun taxminiy tarkibini e’lon qildi.
Joriy yilning 11-iyunidan 19-iyuliga qadar AQSh, Kanada va Meksika davlatlari futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
Shimoliy Amerika qit'asi mezbonlik qiladigan tarixiy turnirda O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham ilk bor ishtirok etadi. Vakillarimiz “K” guruhidan o‘rin olib, Kolumbiya, Portugaliya hamda Kongo terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Bo‘lajak mundialda debyut qilayotgan O‘zbekistonga xalqaro miqyosda qiziqish ortib bormoqda. Jumladan, Braziliyaning “fotosfutfc” futbol sahifasi “oq bo‘rilar”ning turnir uchun taxminiy tarkibini e’lon qildi. Sahifa ikki xil variantdagi tarkibni taqdim etib, ularga turli futbolchilarni joylashtirgan.
Quyidagi rasmlar orqali ushbu taxminiy tarkiblar bilan tanishishingiz mumkin:

