Indoneziyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi
Indoneziya qirg‘og‘i yaqinidagi Maluku dengizida 7,4 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi.
AQSH Geologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hodisa markazi Shimoliy Maluku orolidagi Ternate shahridan 126 kilometr shimoli-g‘arbda, 35 kilometr chuqurlikda qayd etilgan. Yer qimirlashi yaqin atrofdagi orollarda vayronagarchilikka sabab bo‘lgan.
Ushbu tabiiy ofat tufayli sunami yuz berishi mumkinligidan ogohlantirish e’lon qilingan va keyinroq bekor qilingan.
Qurbonlar haqida xabar yo‘q, ammo o‘lim yoki jarohatlanish holatlari ehtimoli haqida xavotir mavjud.
G.Sattorova, O‘zA