Dunyo suratlarda
Bir lahzada butun dunyo. Yaponiyaning ko‘hna udumidan Livan fojiasigacha, Ukrainadagi janggohdan Xitoy tabiati mo‘’jizasigacha – jahon manzarasi O‘zA nigohida.
Yana o‘quvchilarimizni jahonda sodir bo‘lgan voqea-hodisalardan suratlar yordamida boxabar etamiz.

Yaponiya: Samuray libosidagi jangchilar Quyosh chiqishi festivali ikkinchi qismi boshlanishini kutishyapti. Bahordan darak beruvchi bu qadim bayram yuzlab ishtirokchini Tokio yaqinidagi toqqa chorladi. Sinto ruhoniylari shu yerdan cho‘qqidagi muqaddas ziyoratgoh tomon yurish boshladi.

Fransiya, Juvis-syur-Orj: Parij yaqinida yo‘lovchilarni olib ketayotgan kichik avtobus Sena daryosiga tushib ketdi. Favqulodda xizmat xodimlari ish ustida.

Sariyor to‘g‘oni, Turkiya: Nallixon tumanida flamingolar suv yuzasi bo‘ylab yugurib, havoga ko‘tarilmoqda. Bahor kelishi bilan bu hududni egallaydigan turli xil qushlar galasi yozni shu yerda o‘tkazib, qishda janubga uchib ketadi.

Pujexey, Xitoy: Kubey okrugining umumiy ko‘rinishi. So‘nggi yillarda ushbu manzarali hududning ekologik holati muttasil yaxshilanyapti. Natijada qush turlari soni va xilma-xilligi sezilarli darajada oshgan.

AQSH: Kaliforniyada quyosh shafaq tomon botayotganda voleybol o‘ynayotgan odamlar.

Tir, Livan: Dafn marosimi. Fuqaro mudofaasi xodimlari Isroil hujumi oqibatida halok bo‘lgan uch nafar hamkasbi tobutini olib ketyapti.

Nayrobi, Keniya: Maasay libosidagi an’anaviy raqqosalar London marafonida jahon rekordini o‘rnatgan, Prezident Uilyam Ruta bilan uchrashuv uchun kelayotgan Sebastyan Saveni Davlat uyi yonida kutib olyapti.

Xarkov, Ukraina: Milliy gvardiya 13-Xartiya tezkor brigadasi askari front chizig‘ida “Bogdan” o‘zi yurar gaubitsasini Rossiya pozitsiyasi tomon otishga tayyor turibdi.

Nepal, Katmandu: ayol dindorlar mintaqadagi eng uzoq davom etadigan festival – bir oylik bayram chog‘ida Rato Machindranat festivali baland aravasini Lagankeldan Tattolyagacha tortib boryapti.

Port-Sudan, Sudan: ko‘chirilgan sudanlik o‘quvchi boshlang‘ich maktabda o‘rnatilgan chodir ichidan qarab turibdi. Armiya va Tezkor qo‘llab-quvvatlash kuchlari o‘rtasida davom etayotgan mojaro o‘n minglab odamning hayotiga zomin bo‘lib, dunyodagi eng yirik gumanitar inqirozlardan birini keltirib chiqardi. UNICEF ma’lumotiga ko‘ra, 8 milliondan ko‘p bola maktabga bora olmayapti.

London, Buyuk Britaniya: Ikki rassom Gilbert va Jorj “Gilbert & George” markazida bo‘lib o‘tayotgan “Our George Crompton, Worlds and Windows” ko‘rgazmasi doirasida uyushtirilgan muloqotda ishtirok etyapti.
Fardona Yaxshiboyeva, O‘zA