Giyohvandlik moddasining yaşirin joyi aniqlandi
Mamlakatimizda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanişiga qarşi kuraşiş, aholi, ayniqsa, yoşlarni bu illatdan himoya qiliş davlat siyosati darajasidagi ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Prezidentimiz taşabbusi bilan ilgari surilayotgan “Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarşi kuraşiş böyiça milliy strategiya” doirasida huquqbuzarliklarning oldini oliş, jinoyatlarni aniqlaş va ularga çek qöyiş borasida tizimli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Şunga qaramay, giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan boğliq holatlarning uçrayotgani bu borada huşyorlikni yanada oşiriş, huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligini kuçaytiriş va profilaktik işlarni izçil davom ettiriş zarurligini körsatmoqda.
Xususan, Buxoro viloyati bojxona boşqarmasining Kontrabandaga qarşi kuraşiş bölimi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda içki işlar organlari hamkorligida Şofirkon tumanida ötkazilgan tezkor tadbir davomida giyohvandlik vositalarini yaşirin saqlaş bilan boğliq holat foş etildi.
Oldindan olingan tezkor maʼlumotlar asosida taşkil etilgan tadbir jarayonida kuzatuvga olingan fuqaroning yaşaş xonadoni xolislar iştirokida belgilangan tartibda közdan keçirildi. Tekşiruv davomida xonadon poydevorining ostki qismiga yaşiriş maqsadida kömib qöyilgan, umumiy oğirligi 2 kilogramm 875 gramm bölgan «marixuana» giyohvandlik moddasi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat işi qözğatilgan. Ayni paytda tegişli tergov organlari tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Uşbu holat giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanişiga qarşi kuraşişda idoralararo hamkorlik va tezkor axborot almaşinuvi muhim ahamiyat kasb etişini yana bir bor körsatadi. Zero, bunday jinoyatlarning oldini oliş faqat huquqni muhofaza qiluvçi organlarning emas, balki butun jamiyatning umumiy vazifasidir.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri