Raqamli odil sudlov fuqarolarning huquqlarini himoya qiliş imkoniyatlarini oşiradi
Davlatimiz rahbarining 2026-yil 14-avgustdagi "Odil sudlov - 2030": Yangi Özbekistonda inson huquqlarini işonçli himoya qiluvçi xalqçil va adolatli sud tizimini barpo etiş strategiyasi töğrisida"gi farmoni bilan sud hokimiyatining mustaqilligini taʼminlaş va tizimni isloh qiliş böyiça tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
«Özbekiston - 2030» strategiyasida belgilangan odil sudlovga oid strategik maqsadlarni izçil amalga oşiriş mexanizmlari belgilab berildi.
Şu asosda sud protsessiga zamonaviy huquqiy mexanizm va institutlarni joriy qiliş orqali xalqçil va adolatli sud tizimi barpo etiladi.
Raqamli odil sudlov tamoyili orqali sud iş yurituvini töliq raqamlaştiriş va zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş orqali fuqarolar uçun ortiqça ovoragarçiliklarsiz, qulay va tezkor sud muhokamasi imkoniyati yaratiladi.
my.sud.uz portali va uning mobil ilovasi tubdan yangilanib, sud jarayonlariga sunʼiy intellekt texnologiyalari joriy etiladi, murojaatlarning kamida 50 foizi elektron şaklga ötkaziladi.
Aytib ötiş kerakki, sudlar faoliyatida raqamlaştiriş jarayonlarining dastlabki bosqiçlari muvaffaqiyatli joriy etilgan. Sudlarga elektron murojaat qiliş, sud majlislarida videokonferensaloqa tizimi orqali onlayn iştirok etiş kabi zamonaviy usullardan keng foydalanilmoqda.
Fuqarolik işlari böyiça sudlar faoliyatida buni yaqqol kuzatiş mumkin. Joriy yilning 9 oyida fuqarolik işlari böyiça sudlar tomonidan 8,8 trillion sömdan ziyod majburiy tölovlar undiriş haqida 1 million 43 ming 910 sud buyruği çiqarilgan. Bu jarayonda, albatta, elektron hujjat aylanişi imkoniyatlaridan keng foydalanilgan.
Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidovning qayd etişiça, 509 ming 880 fuqarolik işi körib çiqilib, ularning 398 ming 625 tasi böyiça talablar qanoatlantirilgan bölsa, 60 ming 311 tasi böyiça talablarni qanoatlantirişdan rad qilingan.
Körib tamomlangan fuqarolik işlardan 183 ming 270 tasi bitimlar (oldi-sotdi, kredit, qarz va boşqalar), 51 ming 631 tasi nikohdan ajratiş, 21 ming 433 tasi uy-joy munosabatlari, 15 ming 992 tasi alohida toifadagi işlar, 10 ming 705 tasi özboşimçalik bilan qurilgan uy-joy yoki qurilmani buziş bilan boğliq va boşqa toifadagi işlarni taşkil qilgan.
Nikohdan ajratişga oid körilgan işlar tahliliga köra, körib tamomlangan işlarning 27 ming 235 tasi böyiça daʼvo talablari qanoatlantirilgan (nikohlar bekor qilingan), 18 ming 110 tasi böyiça daʼvo talablarini qanoatlantiriş rad etilgan (nikohlar bekor qilinmagan).
2 ming 569 ta işga tiklaşga doir körib tamomlangan işlarning 1 ming 63 tasi böyiça daʼvo talablari qanoatlantirilgan, 1 ming 51 tasi böyiça daʼvo talablarini qanoatlantiriş rad etilgan.
Viloyat va unga tenglaştirilgan sudlarning fuqarolik işlari böyiça sudlov hayʼatlari tomonidan apellyatsiya tartibida 10 ming 593 iş körib çiqilgan. Birinçi instansiya sudlari tomonidan çiqarilgan 1 ming 887 qaror bekor qilinib, 643 sud qarori özgartirildi.
Kassatsiya tartibida 7 ming 140 iş körib çiqilgan. Birinçi instansiya sudlari tomonidan çiqarilgan 1 ming 424 ta qaror bekor qilinib, 587 ta sud qarori özgartirilgan.
Taftiş tartibida 4 ming 713 ta iş körib çiqilgan. Quyi instansiya sudlari tomonidan çiqarilgan 461 ta qaror bekor qilinib, 102 ta sud qarori özgartirildi.
Oliy sudning fuqarolik işlari böyiça sudlov hayʼati tomonidan taftiş tartibida 417 ta iş körib çiqilgan. Natijada quyi sudlar tomonidan çiqarilgan 193 ta qaror bekor qilinib, 52 ta sud qarori özgartirilgan.
Körinib turibdiki, fuqarolik sudlarida iş hajmi doimgidek juda katta. Prezident farmoniga köra, sohada raqamli odil sudlov tamoyili kengroq joriy etilişi işlarni körib çiqiş sifati va samaradorligi yanada oşişiga xizmat qiladi. Muhimi, fuqarolarning sudda öz huquqlarini himoya qiliş imkoniyatlari va sifati yanada oşadi.
Norgul Abduraimova, ÖzA