Sirdaryolik xotin-qizlar Norin tajribasi bilan tanişdi
Sirdaryo viloyatidan kelgan xotin-qizlar delegatsiyasi Namangan viloyati Norin tumanida bölib, tomorqadan samarali foydalaniş, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş va aholi daromadini oşiriş borasidagi ilğor tajribalar bilan tanişdi.
Dastlab mehmonlar tumandagi Pastki Çöja mahallasida bölib, aholining issiqxona xöjaliklarida qulupnay yetiştiriş, tomorqadan unumli foydalaniş va oilaviy daromad manbalarini köpaytiriş borasidagi faoliyatini örgandi.
Taşrif davomida issiqxonalarda yaratilgan şaroitlar, mahsulot yetiştiriş jarayonlari va mahalliy aholining tadbirkorlik tajribasi yuzasidan fikr almaşildi.
Delegatsiyaning navbatdagi manzili Boyovul mahallasi böldi. Bu yerda mehmonlar limonçilikni rivojlantiriş, issiqxonalarda mahsulot yetiştiriş va oilaviy tadbirkorlikni yölga qöyiş borasidagi tajribalar bilan tanişdi.
Xususan, Mahmudovlar xonadonida limon köçatlarini yetiştiriş, parvarişlaş hamda mahsulotdan daromad oliş jarayonlari haqida maʼlumot berildi.
Boyovul mahallasidagi 535 ta xonadonda 2 ming 691 nafar aholi istiqomat qiladi. Ularning 380 tasida limonçilik issiqxonalari taşkil etilgan. Bugungi kunda limonçilik mahalla aholisining asosiy daromad manbalaridan biriga aylangan.
Şuningdek, delegatsiya aʼzolari Yangi Namangan mahallasida amalga oşirilayotgan bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlarini közdan keçirdi. Mehmonlarga hududdagi infratuzilma, aholi uçun yaratilgan şaroitlar va istiqbolli loyihalar haqida maʼlumot berildi.
Taşrif doirasida sirdaryolik xotin-qizlar Norin tumanidagi “Fishvel Norin” gastronomik turizm majmuasi faoliyati bilan ham tanişdi. Majmua rahbari Aziz Daminov mehmonlarga forel baliğini yetiştiriş, qayta işlaş va sotiş jarayonlari, sohada qöllanilayotgan zamonaviy texnologiyalar haqida sözlab berdi.
Qiymati 15 million AQŞ dollari bölgan mazkur loyihaning yillik işlab çiqariş quvvati 2 ming tonna, eksport salohiyati esa 10 million AQŞ dollarini taşkil etadi. Majmuada bir vaqtning özida 300 nafargaça mehmonga xizmat körsatiş imkoniyati mavjud bölib, 100 ta yangi iş örni yaratilgan.
Delegatsiya aʼzolari baliq yetiştiriş va qayta işlaş jarayonlari, şuningdek, gastronomik turizm yönalişidagi faoliyat bilan tanişib, bu boradagi tajribalar yuzasidan fikr almaşdi.
[gallery-32379]
Taşrif davomida mehmonlarga Namangan viloyati hokimi örinbosari — Oila va xotin-qizlar boşqarmasi boşliği Dinara Yoqubova hamrohlik qildi.
Mazkur taşrif xotin-qizlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş, hududlarda şakllangan ilğor tajribalarni ommalaştiriş va viloyatlar örtasida özaro hamkorlikni kengaytirişga xizmat qiladi.
Hotam MAMADALIYEV (surat), ÖzA