Futbolchilarimiz Osiyo kubogi chorak finalida o‘ynaydi
Caudiya Arabistonida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogining dastlabki chorak final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, musobaqaning ushbu bosqichida Yaponiya yirik - 5:0 hisobida Tojikistonni taslim etgan bo‘lsa, musobaqa mezboni Saudiya Arabistoni 1:3 hisobida Xitoyga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa, Yaponiya va Xitoy yarim finalga yo‘l oldi.

Bugun kubok bahslarining chorak final bosqichi doirasida O‘zbekiston — Janubiy Koreya hamda Vetnam — Avstraliya jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.
Mazkur bahsda futbolchilarimiz g‘alaba qozona olsa, final yo‘llanmasi uchun Yaponiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA