"Silk Way Series Astana 2026" turnirida hamyurtlarimiz sovrindor bo‘ldi
Qozog‘istonning Ostona shahrida velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan "Silk Way Series Astana 2026" xalqaro musobaqasining ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari shohsupaga ko‘tarildi.
Armaniston, Belarus, Rossiya, Latviya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Gretsiya va O‘zbekiston velosportchilari qatnashayotgan xalqaro turnirning ilk kungi Class 1 toifasida kechgan poygalarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Nafosat Koziyeva hamda Sergey Rostovsev munosib natija qayd etdi.
Velotrek dasturlari orasida eng murakkab hisoblangan va shu bilan birga Olimpiya o‘yinlari tizimidan o‘rin olgan "Omnium"musobaqalarida hamyurtlarimiz 2-o‘rinni egalladi.
Bugun, 16-may kuni “Buyuk ipak yo‘li” tizimidagi xalqaro turnirning ikkinchi kunida yakkalik va jamoaviy yo‘nalishdagi poygalar bo‘lib o‘tadi.
Turnir 17-mayga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA