Dog‘istonda 1300 dan ko‘p turar-joy binosini suv bosdi
– Rossiya Federatsiyasi tarkibiy tuzilmasi hisoblangan Dog‘iston Respublikasida 6 munitsipalitetga qarashli 8 aholi manzilida 1339 turar-joy binosi, 1664 bog‘ va 90 yo‘l uchastkasi suv ostida qolgan, – deya xabar tarqatgan RF Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Ayni payt 16 hududdagi muvaqqat joylashtirish markazida 591 kishi, jumladan 246 nafar bola saqlanmoqda. Qutqaruvchilar uy-joylarni birma-bir ko‘zdan kechirib, aholiga xonadonlarni tozalashda yordam beryapti, aholiga oziq-ovqat va suv yetkazib beryapti. Ko‘ngillilar xavotirga tushganlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Mamlakat Bosh vaziri Mixail Mishustin Prezident ko‘rsatmasiga binoan, Dog‘istondagi suv toshqini oqibatini bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasini tuzdi. Guruhga fuqaro mudofaasi, favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofat oqibatini bartaraf etish vaziri Aleksandr Kurenkov rahbar etib tayinlandi.
Davlat rahbari Vladimir Putin ayni masala bo‘yicha maxsus yig‘ilish o‘tkazib, jabrlangan aholiga yordam berish va dolzarb muammolarni hal qilish orqali mintaqani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar bergan.
G.Sattorova