Avlodlarga meros bölayotgan momomeros hunar
Döppidözlik xalqimizning qadimiy milliy hunarmandçilik turlaridan biri. Asrlar davomida avloddan-avlodga ötib kelayotgan uşbu nafis sanʼat bugun ham öz qadri va jozibasini yöqotmay, ustoz-şogird anʼanalari asosida davom ettirilmoqda.
Marğilon şahrining Yangi Marğilon şaharçasidagi Navröz mahallasida istiqomat qiluvçi Salimaxon Hojixöjayeva ana şu momomeros hunarni asrab-avaylab, uning sir-asrorlarini yoş avlodga örgatib kelayotgan mohir hunarmandlardan biri.
85 yoşni qarşilagan onaxon bugun ham qölidan igna-ipni qöymay, milliy döppilar tikiş bilan maşğul. Qizlari va kelinlari uning munosib şogirdlariga aylangan. Nabiralari ham momosidan hunar sirlarini örganmoqda. Öğillari esa oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirişga öz hissasini qöşmoqda.
– Döppidözlik insondan, avvalo, sabr-toqat, mehr va nozik didni talab etadi, - deydi Salimaxon aya. – Ayni kunlarda nabiralarim bilan birga qizlar uçun “Gulnoz”, “Bahor”, “Janon”, “Yonğoq nusxa”, “Şabnam” kabi döppilarni tikyapmiz. Qöl mehnatimiz bilan yaratilgan mahsulotlar xaridorlarga manzur bölayotganidan xursandmiz.
Salimaxon Hojixöjayeva xonadonida milliy hunarmandçilik anʼanalari oilaviy tadbirkorlik bilan uyğun holda davom etmoqda. Onaxonning köp yillik tajribasi, sabr-toqati va mahorati yoş avlod uçun öziga xos ibrat maktabi bölib xizmat qilmoqda.
[gallery-32372]
Mehr va mahorat bilan tikilgan har bir döppi nafaqat milliy boş kiyim, balki xalqimizning boy madaniy merosi, qadriyatlari va azaliy anʼanalarini özida mujassam etgan hunarmandçilik namunasidir.
Muqimjon QODIROV (surat), ÖzA