Tibbiyot fidoyilari taqdirlandi
Inson salomatligi va hayotini asraş yölida tunu kun mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlarining fidokorona xizmatlarini eʼtirof etiş, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş jamiyatimizda ezgu anʼanaga aylangan. Jumladan, Toşkent şahar hokimligida yurtimizda keng nişonlanadigan Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari uçun bayram tadbiri va munosiblarni taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Tadbirda poytaxtimiz aholisiga tibbiy xizmat körsatiş sifatini oşiriş, kasalliklarning oldini oliş va jamiyatda soğlom turmuş tarzini tarğib qilişda alohida jonbozlik körsatib kelayotgan bir guruh şifokorlar, hamşiralar hamda soğliqni saqlaş tizimi faollari iştirok etdi.

Tadbir davomida Toşkent şahar hokimi Şavkat Umurzoqov 100 nafardan ortiq tibbiyot xodimini tabriklab, ularga faxriy yorliqlar va esdalik sovğalarini topşirdi. Tadbir davomida şahar hokimi tibbiyot xodimlarining aholi salomatligini asraş, insonlar hayotini saqlab qoliş va sifatli tibbiy xizmat körsatiş yölidagi mehnatini eʼtirof etdi.

Qayd etilganidek, uşbu bayram tadbiri va taqdirlaş marosimi şunçaki anʼanaviy uçraşuv emas, balki öz hayotini el salomatligiga baxşida etgan kasb egalariga bölgan yuksak hurmat va ehtirom namunasidir.

Zero, tibbiyot xodimlarining maşaqqatli mehnatini munosib rağbatlantiriş ularga nafaqat kuç-quvvat bağişlaydi, balki öz vazifalariga yanada masʼuliyat bilan yondaşişlariga zamin yaratadi. Bu kabi tadbirlar poytaxtimiz soğliqni saqlaş tizimini yangi bosqiçga olib çiqiş va tibbiyot sohasi vakillarining jamiyatdagi nufuzini yuksaltirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA