Uçqörğonda nasldor çorvaçilik rivojlanmoqda
Namangan viloyati Uçqörğon tumanida çorvaçilikni rivojlantiriş, zamonaviy çorvaçilik komplekslarini taşkil etiş, nasldor çorva mollari sonini köpaytiriş hamda aholini sifatli göşt va sut mahsulotlari bilan taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bu borada amalga oşirilayotgan loyihalar sohada mahsuldorlikni oşiriş, naslçilik bazasini mustahkamlaş va çorvaçilikning iqtisodiy samaradorligini yuksaltirişga xizmat qilayapti.
Xususan, tadbirkor Davron Abdullayev tomonidan Xitoydan 145 boş “Simmental” zotli nasldor qoramol olib kelindi. Qoramollar belgilangan tartibda veterinariya körigidan ötkazilib, parvarişga qabul qilindi.

“Simmental” zotli qoramollar sut va göşt mahsuldorligi yuqoriligi bilan ajralib turadi. Ularni mahalliy şaroitda parvarişlaş orqali çorvaçilik mahsulotlari yetiştiriş hajmini oşiriş, nasldor qoramollar sonini köpaytiriş közda tutilgan.
Bu kabi taşabbuslar hududda çorvaçilik tarmoğini yanada rivojlantiriş, aholining sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bölgan ehtiyojini qondiriş hamda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.

Hotam MAMADALIYEV (surat), ÖzA