"Aichi-Nagoya-2026": Ayollar futboli va gandbol musobaqalaridagi raqiblarimiz ma’lum
"Aichi-Nagoya-2026" yozgi Osiyo o‘yinlarining boshlanishiga 57 kun qolgan fursatda tashkiliy qo‘mita va jamoaviy sport turlari bo‘yicha tegishli sport tashkilotlarining maxsus vakillari ishtirokida musobaqalarga qur’a tashlash marosimlari o‘tkazilmoqda.
Tashlangan qur’a natijalariga ko‘ra, futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Gonkong, Filippin va Xitoy terma jamoalari bilan “G” guruhidan joy oldi.
Shuningdek, gandbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasining ham qit’a o‘yinlaridagi raqiblari ma’lum bo‘ldi.

20-Osiyo o‘yinlarining aylana tizimda kechadigan gandbol musobaqalarida gandbolchi qizlarimiz Yaponiya, Koreya Respublikasi, Qozog‘iston, Xitoy, Gongkong va Vetnam jamoalari bilan kuch sinashishi aniq bo‘ldi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA