"Aichi-Nagoya-2026": Futbol bahslariga qur’a tashlandi
Joriy yilning 19-sentabr-4-oktabr kunlari Yaponiyaning Aichi–Nagoya shaharlarida XX yozgi Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
45 ta mamlakat sportchilari 43 ta sport turining 71 ta yo‘nalishida bahslashadigan to‘rt yillikning eng nufuzli kompleks o‘yinlarida doimgidek o‘yin sport turlari, xususan futbol musobaqalari ko‘pchilik sport ishqibozlarining e’tiborida bo‘lishi shubhasiz.

Bugun, 23-iyul kuni kunchiqar yurtda “Aichi-Nagoya-2026” yozgi Osiyo o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi tomonidan jamoaviy sport turlaridan futbol musobaqalariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA