ABDULLA QODIRIY
Abdulla Qodiriy 125 yoshda!
Abdulla Qodiriy 125 yoshda!
Bir asr naridan kelar o‘q sasi,
Qotil barmoqlarga sachrar qora qon.
Janoza o‘qiydi tun ko‘lankasi,
Allohning qoshiga ketar pok inson.
Millatning ustuni qular daf’atan,
Besh gramm qo‘rg‘oshin - «oliy mukofot».
G‘isht xumdon - qo‘yindi, pok tufroq - kafan.
Ziyoratga qabr - butun
muzofot.
Qabriston tepalik aylanar g‘ishtga,
Hokdan bunyod bo‘lar metin binolar.
Alamdan qo‘llarim do‘nadi mushtga,
Esimga tushadi eski ginalar.
Tarixni o‘chirib bo‘lmagay axir,
Hech biri ko‘kaydan ketmaydi o‘chib.
O‘tmishim - og‘rig‘im bunchalar taxir,
Yuragim qinidan ketyapti ko‘chib.
Alloh shu taskinni qalbimga solar -
Bobobinolarda ulg‘aygan kuchlar
Dunyoni qurolmas, qalam-la olar,
Balki shunda arir qasosu o‘chlar?
Ular Haq yo‘lidan sira qaytmagay,
Bir-birin sotmaydi, bir-birin qo‘llar.
Yovga ters qaramas, sirin aytmagay,
Bo‘lar Qodiriylar, bo‘lar fozillar.
Fozil Farhod