Yordamchi xo‘jalik — harbiy ta’minot tayanchi
FOTOREPORTAJ
Sharqiy harbiy okrug moddiy-texnik ta’minot bazasida tashkil etilgan yordamchi xo‘jalik harbiy qismlarni oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xo‘jalikda dehqonchilik, bog‘dorchilik va asalarichilik yo‘nalishlari izchil yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, reja-topshiriqlar asosida turli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilmoqda.
Yordamchi xo‘jalik hududida tashkil etilgan ekin maydonlarida sabzavot va poliz ekinlari parvarishlanmoqda. Shuningdek, bog‘lardagi mevali daraxtlardan mo‘l hosil olinmoqda. Asalarichilik tarmog‘ida esa tabiiy asal mahsulotlari yetishtirilib, ichki ta’minot imkoniyatlari kengaytirilmoqda.
Qayd etilganidek, okrug hududidagi 6 ta front orti ta’minoti bo‘linmasida joriy etilgan klaster tizimi qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Natijada o‘tgan yilning mos davriga nisbatan chorvachilik 122 foizga, parrandachilik 100 foizga, baliqchilik 41 baravarga, issiqxona xo‘jaligi 163 foizga, asalarichilik esa 131 foizga o‘sgan.
[gallery-29393]
Bu ko‘rsatkichlar ichki resurslardan samarali foydalanish, tizimli yondashuv va oqilona boshqaruv natijasi ekani ta’kidlandi.
Yetishtirilayotgan mahsulotlar belgilangan reja asosida harbiy qismlarga yetkazib berilmoqda. Bu esa moddiy-texnik ta’minot samaradorligini oshirishga xizmat qilyapti. Shu bilan birga, mazkur sa’y-harakatlar iqtisodiy samaradorlikni yuksaltirish, ichki imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA