Turkiyaning 12 ta viloyatida odamlarning o‘rmonga kirishi taqiqlandi
Turkiyada o‘rmon yong‘inlari davom etayotgani bois mamlakatning 12 ta viloyat hokimiyati odamlarning o‘rmon hududlariga borishini taqiqlab qo‘ydi.
Istanbul, Chanoqqal’a, Balikesir, Kojaeli, Izmir, Bursa, Oydin, Xatay, Konya, Ushak, Kirklareli va Gazeantep viloyatlari ma’muryati tarqatgan xabarga ko‘ra, fuqarolarning o‘rmon hududlariga borishi taqiqlanadi. Ushbu tartib avgust oxirigacha amalda bo‘lishi aytilmoqda. Ayrim viloyatlarda esa bu haqda alohida ko‘rsatma beriladi.
Avvalroq Turkiya qishloq va o‘rmonchilik xo‘jaligi vaziri Bekir Pakdemirli mamlakat janubida oltita viloyatda 20 dan ortiq yong‘in o‘chog‘ini o‘chirish davom etayotganini ta’kidlagan edi.
Yong‘in Turkiyaning mashhur Bodrum va Marmaris dam olish zonalariga ham katta ziyon yetkazdi. Mahalliy aholi va sayyohlar xavfsiz joyga ko‘chirildi. Bodrum meri Axmet Arasning RIA Novostiga ma’lum qilishicha, ayni damda Bodrum shahri atrofida o‘rmon yong‘inlari o‘chirilgan, sayyohlar mehmonxonalarga qaytib kelgan.