Pokistonda portlash: qurbonlar bor
Pokiston shimoli-g‘arbidagi Bannu hududida politsiya idorasi yaqinida sodir etilgan avtomobil portlashi va undan keyin boshlangan jangarilar bilan otishma natijasida 12 nafar politsiya xodimi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Sinxua” axborot agentligi.

Hujum portlovchi moddalar ortilgan avtomashina yordamida amalga oshirildi, shundan so‘ng dronlari ishtirokidagi harakatlar va qurolli jangarilarning hujumi kuzatildi, deyiladi maqolada.
Rasmiylarning aytishicha, ayni payt qutqaruv guruhlari og‘ir texnika yordamida vayronalarni tozalash ishlarini davom ettirmoqda. Mahalliy hokimiyat vakillari tuproq ostida yana boshqa qurbonlar qolgan bo‘lishi mumkinligini istisno etmayapti.

Mamlakat Bomba zararsizlantirish xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hujumda taxminan 1,5 kilogramm portlovchi modda ishlatilgan.
Ta’kidlanishicha, “Ittihad-ul-mujahiden Pokiston” (IMP) nomli jangarilar guruhi ijtimoiy tarmoqlar orqali ushbu portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.
So‘nggi oylarda Pokistonning Afg‘oniston bilan chegaradosh shimoli-g‘arbiy hududlarida qurolli hujumlar soni keskin oshdi. Ayniqsa, xavfsizlik kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tez-tez nishonga olinmoqda.
O‘.Alimov, O‘zA