Tramp Kim bilan yil oxirigacha uchrashmoqchi
Prezident Donald Tramp KXDR rahbari Kim Chen In bilan yil oxirigacha uchrashishini ma’lum qildi. Agar shu voqea yuz bersa, ikki rahbar Trampning birinchi prezidentlik davridan beri ilk bor yuzma-yuz ko‘rishadi.
Tramp Kim bilan munosabati yaxshiligini aytdi. U Pxenyanda hozir 57 dona yadroviy qurol borligini da’vo qildi, rejalashtirilayotgan muloqot sanasi yoki joyi haqida esa aniq ma’lumot bermadi.
Mazkur bayonot Vashington Seul bilan har yilgi qo‘shma harbiy mashg‘ulotni qisqartirishga qaror qilganidan bir necha kun o‘tib yangradi. Tramp bunday mashq Pxenyanga “nomunosib va xarifona ogohlik” berishini ta’kidlagan. Tabiiyki, uning qarori Janubiy Koreyada AQSHning xavfsizlik kafolati borasidagi xavotirni kuchaytirgan.
Binobarin, Shimoliy Koreya yadroviy dasturini kengaytirishda davom etmoqda. Xalqaro atom energiyasi agentligi rahbari Rafael Grossi aprel oyida Pxenyanning yadroviy qurol ishlab chiqarish imkoniyati jadal sur’atda o‘sib borayotganini e’tirof etgan. KXDR 2006-yildan beri olti marta yadroviy sinov o‘tkazgan.
Musulmon Ziyo, O‘zA