AQSHning davlat qarzi tarixiy darajaga yetdi
Qo‘shma Shtatlar Moliya vazirligi mamlakat davlat qarzi ilk bor 40 trillion dollarlik rekord cheklovdan oshganini e’lon qildi. E’tiborlisi, ushbu ko‘rsatkich shu yil bahorida 39 trillion dollarni tashkil etgan.
“Reuters” nashri yozishicha, so‘nggi yigirma yil ichida turli moliyaviy inqiroz hamda pandemiya oqibati sababli qarz miqdori 6 trillion dollardan hozirgi darajaga chiqqan. Faqat oxirgi 10 yil ayni ko‘rsatkich ikki barobar ortgan.
Moliya vazirligi axborotiga ko‘ra, tashqi va ichki sarmoyadorlar oldidagi qarz yuki 32 trillion dollardan oshib, deyarli mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmiga tenglashib qoldi. Iqtisodiy tahlil byurosi ma’lumotida esa davlat qarzi Ikkinchi jahon urushi davridan beri ilk bor milliy iqtisodiyot hajmidan ortib ketganiga e’tibor qaratilgan.
Kongressning Byudjet boshqarmasi bashoratida qarz miqdori 2030-yilga borib YAIMning 108 foizini, o‘n yildan so‘ng 120 foizini tashkil etishi aytilgan. Federal zaxira tizimi rahbari Jerom Pauell mavjud vaziyat hozircha nazoratda ekaniga urg‘u berdi. Qarz olish sur’ati mamlakat iqtisodiyotiga nisbatan ancha tez o‘sayotgani bois, uzoq muddatli istiqbolda xavf tug‘dirishi mumkinligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Donald Tramp 2016-yildagi ilk saylov oldi kampaniyasida 19 trillion dollarlik qarzni sakkiz yil ichida to‘liq uzishga va’da bergan. Amalda esa moliyaviy maydon aksincha manzarani ko‘rsatmoqda.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA