Toshkentda chorvachilik sohasini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi (+video)
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi binosida chorvachilik sohasida faoliyat yuritayotgan hamda ushbu yo‘nalishda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Chorvachilik tarmog‘i va yaylov xo‘jaligini zamonaviy boshqaruv tizimi va yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–179-sonli Qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, tarmoqda zamonaviy boshqaruv tizimlarini joriy etish maqsadida tashkil etildi.
Muloqot davomida chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uchun davlat tomonidan yaratilgan so‘nggi imtiyozlar, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda qulay biznes muhitini shakllantirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi. Tadbirda ishtirok etgan tadbirkorlar sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashib, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga soha mutaxassislaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va batafsil javoblar olishdi. Uchrashuv yakunida bildirilgan takliflar asosida sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
<iframe width="873" height="491" src="https://www.youtube.com/embed/bhGstXcT0Fs" title="Toshkentda chorvachilik sohasini rivojlantirishga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Doniyor Yakubov, Salimjon Obidjonov (video), O‘zA