2017–2025-yillarda O‘zbekistonga jalb qilingan xorijiy investitsiyalarning o‘sish dinamikasi (+video)
2017–2025-yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi barqaror o‘sish dinamikasini qayd etdi.
Ushbu davrda iqtisodiyotga jami 123,9 mlrd dollar xorijiy investitsiyalar va kreditlar yo‘naltirildi.
Yillar kesimida o‘sish ayniqsa so‘nggi yillarda jadallashdi. 2017-yilda xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 3,3 mlrd dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilda ushbu ko‘rsatkich 33,5 mlrd dollarga yetib, 2017-yilga nisbatan qariyb 10 barobar ko‘pdir.
9 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi ham sezilarli oshdi. 2017-yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 2,2 mlrd dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilda 19,1 mlrd dollarga yetdi. 2017–2025-yillarda jami to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 56,1 mlrd dollarni tashkil qildi.
<iframe width="873" height="491" src="https://www.youtube.com/embed/JBfisalVc00" title="2017–2025 yillarda investitsiyalarning o‘sish dinamikasi " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Iskandar Ismatov (video), O‘zA