“So‘nggi qo‘ng‘iroq” — hayajon va orzular bayrami
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 107-umumta’lim maktabida tashkil etilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki kayfiyat, samimiy tuyg‘ular va unutilmas taassurotlarga boy tarzda o‘tdi.
“Yuksak ma’rifatli avlod – Uchinchi Renessans poydevori!” shiori ostida o‘tgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla faollari, o‘qituvchi va o‘quvchilar, ota-onalar ishtirok etdi.
[gallery-29632]
Dastlab ishtirokchilarga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning maktab bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.
Marosimda 2025/2026 o‘quv yilida namunali xulqi, bilimi bilan tengdoshlariga ibrat bo‘lgan o‘quvchilar va ularning ota-onalariga faxriy yorliq, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Farhod ABDURASULOV(surat),O‘zA