Shovotlik shifokorlar Shumanayda
Xorazm viloyatining Shovot tumani shifokorlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Shumanay tumanida aholi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tibbiy ko‘rik davomida aholining salomatlik holati baholanib, mavjud kasalliklarni erta aniqlash, zarur tibbiy tavsiyalar berish hamda tegishli mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazishga alohida e’tibor qaratildi.

Chekka hududlarda bu kabi tibbiy ko‘riklar tashkil etilishi aholiga tibbiy xizmatlarning qulay va sifatli yetib borishini ta’minlash, kasalliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish, shuningdek, fuqarolarga o‘z vaqtida malakali tibbiy yordam ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur tashabbus aholi salomatligini mustahkamlash, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Ahmadjon Shokirov,
O‘zA muxbiri