Shohsanam Sherzodova va Nilufar Zokirova jahon chempionatida ikkinchi bo‘ldi
Polshada o‘tayotgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga yana bir medal qo‘shildi.
Polshaning Poznan shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati bahslari davom etmoqda.
Musobaqaning navbatdagi kuni ayollar o‘rtasida 200 metr masofaga kanoeda juftlik dasturida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari - Shohsanam Sherzodova hamda Nilufar Zokirova muvaffaqiyatli ishtirok etib, marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Mazkur natija O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatidagi ikkinchi medali bo‘ldi. Bundan avval erkaklar o‘rtasida 200 metr masofaga kanoeda yakkalik bahslarida Artur Guliyev kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA