Shaxmat: Javohir Sindorov AQSH turnirida qatnashadi
AQSHning Sent-Luis shahrida o‘tadigan “St. Louis Chess” xalqaro turnirida hamyurtimiz Javohir Sindorov Hikaru Nakamura, Fabiano Karuana va Praggnanandxa bilan kuch sinashadi.
4 nafar mahoratli shaxmatchi ishtirokida tashkil etilayotgan turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 425 ming AQSH dollaridan iborat bo‘lib, nufuzli musobaqada 1—o‘rinni egallagan ishtirokchi 125 ming, 2-o‘rin sohibi 94 ming va 3-o‘rin 72 ming, 4-o‘rin 62 ming AQSH dollari bilan taqdirlanadi.

Xalqaro turnirning 1-3-tur o‘yinlari ertaga, 27-oktabr kuni, qolgan 4-9-tur musobaqalari 27-28-oktabr kunlari tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu turnir Javohir Sindorov uchun hindistonlik amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi o‘yin oldidan oxirgi xalqaro musobaqa sanaladi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA