Shaxmat: Atirau turnirida vakillarimiz qatnashmoqda
Qozog‘istonning Atirau shahrida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Atyrau Open 2026” xalqaro turnirining “Masters” guruhida 19 ta mamlakatning 109 nafar shaxatchisi qatorida mahoratli shaxmatchilarimiz Shamsiddin Vohidov va Jahongir Vohidov va Humoyun Bekmuratov dona surmoqda.
Mukofot jamg‘armasi 100 ming AQSH dollaridan iborat nufuzli musobaqaning ortda qolgan ilk turida hamyurtlarimizdan Shamsiddin Vohidov va Jahongir Vohidov raqiblariga imkoniyatni boy berdi.

Yosh shaxmatchimiz Humoyun Bekmuratov 1-turda qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, turnirning dastlabki bosqichida g‘oliblikka erishgan 38 nafar ishtirokchining biriga aylandi.
Bugun, 13-oktabr kuni xalqaro turnirning 2-turida H.Bekmuratov qora donalarda eronlik Arshiya Muhammadian Sechani bilan kuch sinashadi.
Shamsiddin Vohidov va Jahongir Vohidov mazkur turda qozog‘istonlik shaxmatchilar qarshiligini yengishga harakat qiladi.
9 ta turdan iborat bo‘lgan xalqaro turnir 20-oktabrga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA