Futzal: Oliy liganing 3- va 4-tur taqvimi tasdiqlandi
Futzal bo‘yicha mamlakat milliy chempionati — Oliy liganing 3 - va 4-tur uchrashuvlari o‘tkaziladigan muddatlar hamda manzillar tasdiqlandi.
O‘zbekiston futzal federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan taqvimga muvofiq, 3-tur bahslari Jizzaxda, 4-tur uchrashuvlari esa Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Belgilanganidek, 3-tur o‘yinlari joriy yilning 22–27-oktabr kunlari Jizzax shahrida, 4-tur musobaqalari 13-16-noyabr kunlari Toshkent shahrida tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, ortda qolgan 2 ta tur o‘yinlaridan keyin turnir jadvalida 16 ochko bilan Jizzaxning “BMB PFC” jamoasi peshqadamlik qilmoqda.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA