Quruqlikdan okeanga: Özbekistonning Ömon portlariga çiqiş imkoniyati qanday?
Dengizga bevosita çiqiş imkoni yöq Özbekiston uçun xalqaro transport yölaklarini diversifikatsiya qiliş taşqi savdo va iqtisodiy xavfsizlikning muhim şartidir. Şu maʼnoda Eron orqali Ömon portlariga çiqiş mamlakatimizning jahon savdo tizimidagi örnini mustahkamlaş uçun istiqbolli hisoblanadi.
2026-yil 16-17-noyabr kunlari Prezident Şavkat Mirziyoyev Ömon Sultonligiga amalga oşiradigan davlat taşrifi ham uşbu hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişi kutilyapti. Bu borada mavjud salohiyat va istiqbol yuzasidan ÖzA muxbiri Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti huzuridagi “Şarqşunos tahlilçilar” intellektual klubi aʼzosi Asadbek Sultonboyev bilan suhbatlaşdi.
– Ömon portlariga çiqiş imkoniyati Özbekistonning taşqi savdo geografiyasi va transport mustaqilligiga qay darajada taʼsir körsatadi?
– Özbekistonning dengizga bevosita çiqiş imkoniyati yöqligi taşqi savdo logistikasida qöşimça masofa, vaqt va xarajat keltirib çiqaradi. Şu bois muqobil transport yönalişlarini şakllantiriş mamlakatimiz uçun oddiy infratuzilmaviy vazifa emas, balki iqtisodiy xavfsizlik va taşqi bozorga çiqiş imkoniyatini kengaytiriş bilan boğliq strategik masaladir. Şu maʼnoda mamlakatimizga Arab dengizi va Hind okeani havzasiga çiqiş imkonini beruvçi port infratuzilmasiga ega Ömon bilan hamkorlik juda muhim. Xususan, xalqaro savdo zanjirida muhim örin tutadigan Salala, Sohar va Duqm portlari mahsulotlarimizni Yaqin Şarq, Janubiy Osiyo va Afrika bozoriga yetkaziş uçun qöşimça imkoniyat yaratadi. Bu jarayonda asosiy masala faqat dengiz portiga yetib boriş emas, balki uşbu yönalişning iqtisodiy jihatdan raqobatbardoşligini taʼminlaşdir. Agar yuk yetkazib beriş muddati va transport sarfi maqbul darajaga tuşirilsa, Ömon portlari orqali savdo qiliş eksportçilarimiz uçun jozibador muqobil yönalişga aylanadi. Eng muhimi, transport yönalişlari köpayişi taşqi savdoda bir tranzit yönalişga boğlanib qolişdan asraydi. Natijada xalqaro logistikadagi uziliş va geosiyosiy beqarorlik şaroitida mamlakatimiz iqtisodiyoti mustahkamlanadi.
– Özbekiston – Turkmaniston – Eron – Ömon yölagini rivojlantiriş imkoniyati qanday? “Aşxobod kelişuvi” va “Asyad Group” bilan hamkorlik neçoğli ahamiyat kasb etadi?
– Mazkur transport yölagi Markaziy Osiyo mamlakatlarini Eron orqali Fors körfazi va Hind okeani bilan boğlaydi. Mazkur yönalişda temir yöl, avtomobil va dengiz transporti imkoniyatini birlaştiriş orqali multimodal taşuv tizimi takomillaşadi. “Aşxobod kelişuvi” bu borada muhim institutsional asos vazifasini ötaydi. 2011-yil imzolangan bu hujjat Markaziy Osiyo va Fors körfazi mamlakatlari örtasidagi transport-kommunikatsiya aloqasini rivojlantirişga qaratilgan. Tabiiyki, kelişuv mavjudligi yölak öz-özidan samarali işlaşini anglatmaydi. Buning uçun iştirokçi davlatlar bojxona tartibini muvofiqlaştirişi, çegaradan ötiş jarayonini soddalaştirişi va yuk taşiş tarifini maqbullaştirişi talab etiladi. Şu nuqtai nazardan “Asyad Group” bilan hamkorlik alohida ahamiyatga ega. 2024-yil oktabr oyida imzolangan memorandum logistika imkoniyatini örganiş va yangi savdo yönalişlarini şakllantiriş uçun asos yaratdi. Endigi muhim vazifa kelişuvni aniq amaliy loyihalar bilan boyitişdan iborat. Albatta, Eron hududidagi tranzit jarayoni, xalqaro sanksiya bilan boğliq çeklov, moliyaviy hisob-kitob va suğurta masalalari ham eʼtibordan çetda qolmasligi kerak. Bular yönalişning iqtisodiy samaradorligiga bevosita taʼsir körsatadigan omillardir. Demak, faqat infratuzilmani rivojlantiriş emas, balki yagona logistika zanjirini yaratiş, yuk harakatini raqamli kuzatiş va taşiş jarayonini muvofiqlaştiriş ham ustuvor ahamiyat kasb etadi.
– Prezident Şavkat Mirziyoyevning Ömonga davlat taşrifi transport-logistika hamkorligi rivoji uçun qanday yangi imkoniyat yaratadi? Mavjud salohiyatni aniq iqtisodiy natijaga aylantiriş uçun qaysi yönalişlar ustuvor hisoblanadi?
– Davlat taşrifi ikki mamlakat örtasidagi siyosiy muloqotni iqtisodiy hamkorlikning aniq yönalişlari bilan boyitiş nuqtai nazaridan juda muhim. Ayniqsa, transport va logistika sohasidagi mavjud kelişuvni amaliy bosqiçga olib çiqiş uçun siyosiy iroda va idoralar aro muvofiqlaşuv zarur. Menimça, birinçi navbatda Özbekiston – Turkmaniston – Eron – Ömon yönalişi böyiça muntazam yuk taşiş mexanizmini işlab çiqişga eʼtibor qaratiş kerak. Bunda taşiş muddati, tarif, boj jarayoni va tranzit imkoniyati aniq hisob-kitob asosida baholanişi lozim. Ikkinçi muhim yönaliş – Ömonning Salala, Sohar va Duqm portlari bilan logistika aloqasini kengaytiriş. Xususan, uşbu portlarning ixtisoslaşuvi va geografik imkoniyatidan kelib çiqib, özbek mahsulotlarini muayyan taşqi bozorlarga yetkaziş böyiça maqsadli yönalişlarni belgilaş mumkin. Uçinçidan, “Asyad Group” bilan hamkorlik doirasida qöşma logistika xizmati, ombor infratuzilmasi, konteyner taşuvi va yukni qayta taqsimlaş markazlari taşkil etiş imkoniyatini örganiş maqsadga muvofiq. Yana bir jihatni unutmaslik kerak: yangi transport yölagi muvaffaqiyati imzolangan hujjat soni emas, balki taşilayotgan yuk hajmi, yetkazib beriş muddati va eksportçilar uçun yaratilayotgan iqtisodiy samara bilan ölçanadi.
Özbekiston va Ömon imkoniyati bir-birini töldirişi mumkin. Bir tomonda Markaziy Osiyoning muhim iqtisodiy va tranzit salohiyati, ikkinçi tomonda xalqaro dengiz savdosiga integratsiyalaşgan port infratuzilmasi mavjud. Ayni imkoniyatlar özaro manfaatli loyihalar yordamida birlaştirilsa, hamkorlik ikki davlat iqtisodiy munosabatining muhim tayançiga aylanadi.
Musulmon Ziyo suhbatlaşdi. ÖzA