Deputat yoki senator söroviga vaqtida javob bermagan mansabdor javobgarlikka tortiladi
O‘zLiDeP fraksiyasining yiğilişida deputatlik va senatorlik sörovlari ijrosi uçun mansabdor şaxslar masʼuliyatini oşirişga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, uşbu loyihaga muvofiq, davlat organlari mansabdor şaxslari tomonidan deputat yoki senator sörovini körib çiqişning qonunçilikda belgilangan muddatlari va boşqa talablari buzilgan taqdirda, tegişli palata devoniga aybdor şaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortiş masalasida sudga murojaat qiliş yoki Boş prokuraturaga taqdimnoma kiritiş huquqini beriş nazarda tutilmoqda.
Şuningdek, bunday huquqbuzarlikni bir yil içida takroran sodir etganlik uçun javobgarlik kuçaytirilmoqda.
Taʼkidlanganidek, deputatlik sörovi xalq vakillarining saylovçilar manfaatlarini himoya qiliş, aholini qiynayotgan muammolarga masʼul idoralar eʼtiborini qaratişdagi muhim parlament nazorati vositasi hisoblanadi. Şu bois, unga öz vaqtida javob beriş mansabdor şaxslarning qonuniy majburiyati hisoblanadi.
Qonun loyihasining qabul qilinişi xalq vakillarining sörovlariga eʼtiborsiz munosabatda böliş holatlarining oldini oliş, davlat organlari masʼullarining hisobdorligini oşiriş hamda deputatlik va senatorlik faoliyatining kafolatlarini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Muhtarama Komilova,
ÖzA