Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining çegaralari qayta belgilanmoqda
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasining yiğilişida bir qator qonun loyihalari muhokama qilindi. Jumladan, Surxondaryo viloyatining Qaşqadaryo bilan maʼmuriy-hududiy çegaralarini tasdiqlaş masalasi atrofliça körib çiqildi.
Mazkur qaror loyihasi maʼmuriy-hududiy çegaralarni tartibga soliş böyiça tasdiqlangan “yöl xaritasi” ijrosini taʼminlaş maqsadida Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining özaro çegaralarini qayta belgilaşni nazarda tutadi.
Loyiha Surxondaryo va Qaşqadaryo viloyatlarining amaldagi çegara çiziğida joylaşgan 58 ta yer uçastkasidagi 1981 gektar yaxlit yaylov va lalmi maydonlarning ikki viloyat hududidan kesib ötişi holatlarini bartaraf etiş maqsadida işlab çiqilgan. Loyiha bilan Surxondaryoning Qaşqadaryo bilan çegarasi “Hisor”, “Şilxazar”, “Çap şilxazar”, “Çaqçar”, “Sariqiya”, “Tyubere oland”, “Atkaza” va “Çariagil” toğ tizmalari va qoyalari böylab jami 209,1 km uzunlikda qayta belgilanmoqda.

Şuningdek, çegarani belgilaş doirasida Surxondaryodan 983 gektar yer Qaşqadaryoga, Qaşqadaryodan 999 gektar yer Surxondaryoga ötkazilib, yaxlit yerlarning ikki viloyat hududini kesib ötiş holatlari bartaraf etilmoqda.
Şuningdek, yiğilişda maktabgaça va maktab taʼlimi tizimi integratsiyasini taʼminlaşga qaratilgan, “Davlat boji töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga özgartiriş va qöşimça kiritiş haqida”gi qonun loyihalari va boşqa qator masalalar muhokama qilinib, tegişli qarorlar qabul qilindi.
Muhtarama Komilova,
ÖzA