Qozog‘iston delegatsiyasi O‘zbekistonda bojxona va transport tizimini o‘rgandi
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasiga Qozog‘iston Respublikasi delegatsiyasining rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tdi.
Tashrif davomida mehmonlarga O‘zbekiston bojxona organlarining faoliyatini modernizatsiya qilish, xalqaro standartlar va ilg‘or amaliyotlarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari Masofaviy elektron deklaratsiyalash markazi, Targetlash va xavflarni monitoring qilish markazlari hamda Call-markazning ish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Har bir markazning asosiy vazifalari, qo‘llanilayotgan zamonaviy dasturiy ta’minot va ilg‘or instrumentlar haqida batafsil taqdimot o‘tkazildi.

Xususan, ma’lumotlar tahliliga asoslangan samarali nazoratni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Targetlash va xavflarni boshqarish tizimining tuzilishi, ishlash algoritmlari va bojxona organlari tomonidan ishlab chiqilgan avtomatlashtirilgan axborot tizimlari namoyish etildi.


Mazkur tashrif ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, tajriba almashish va bojxona hamda transport sohasidagi o‘zaro hamjihatlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Sh.Mamaturopova,
O‘zA