Qilichboz qizlarimiz Osiyo chempionatida sovrindor
Ayollar o‘rtasida jamoaviy sablya dasturida qatnashgan yurtdoshlarimiz yarim finalda Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy berdi va bronza medallari bilan taqdirlandi.
Musobaqada Zaynab Dayibekova, Gulistan Perdibayeva, Fernanda Errera hamda Ayako‘z Jumamuratova yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.
Chempionat jarayonida Osiyo qilichbozlik konfederatsiyasi tomonidan 2024/2025
yilgi mavsum laureatlari taqdirlandi.
Tashkiliy qo‘mita qaroriga muvofiq, shpaga dasturidagi bahslarni professional boshqargan hamyurtimiz Dilorom Turdiqulova shpaga dasturida eng yaxshi hakam deb e’lon qilindi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA