“Altaic Open”: yosh taekvondochilarimiz 6 ta medalni qo‘lga kiritdi
Qozog‘istonning Ostona shahrida taekvondo WT bo‘yicha o‘tkazilgan “Altaic Open” xalqaro ochiq chempionatida yoshlar o‘rtasidagi bahslar yakunlandi. Musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 1 ta oltin va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Musobaqa davomida Konstantin Brostovskiy (-59 kg.) barcha raqiblarini yengib oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Komila Sultonova (-46 kg.), Mushtariybanu Bahodirova (-49 kg.), Esma Yahyoyeva (-63 kg.), Nurmuhammad Shamsiddinov (-55 kg.) va Jahongir Serikbayev (-68 kg.) kabi taekvondochilarimiz bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, G1 toifasidagi “Altaic Open” xalqaro ochiq turnirining kattalar o‘rtasidagi bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi 5 tadan oltin va kumush hamda 6 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA