Prokuratura organlari xodimlari “Zakovat”da bahslashdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan “Zakovat” intellektual musobaqasining hududiy saralash bosqichi o‘tkazildi.
Xodimlarning intellektual salohiyatini oshirish, bilim va tafakkurini sinovdan o‘tkazish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan mazkur intellektual bellashuvda prokuratura organlarining 12 ta jamoasi ishtirok etdi. Ular turli yo‘nalishlardagi qiziqarli va murakkab savollar orqali o‘z bilimi, dunyoqarashi, mantiqiy fikrlash va tezkor qaror qabul qilish qobiliyatini namoyon etdilar.

Musobaqa davomida jamoalar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bahslar kechib, ishtirokchilar nafaqat o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar, balki o‘zaro tajriba almashish va jamoada ishlash ko‘nikmalarini ham mustahkamladilar.

Bunday intellektual tadbirlar xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, shuningdek, jamoada do‘stona muhit va sog‘lom raqobatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri