Prezidentimiz "O‘zbekfilm” kinostudiyasida kinoijodkorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda
Davlatimiz rahbari bu dargohda milliy kino tariximiz, bir necha avlod ijodkorlarining mehnati, xalqimizning ekranga ko‘chgan orzulari, intilishlari va armonlari mujassam ekanini ta’kidladi.
“Mahallada duv–duv gap”, “O‘tkan kunlar”, “Shum bola”, “Chinor ostidagi duel”, “Suyunchi” kabi filmlarning qahramonlari xotiramizda yaqin insonlardek saqlanib qolgan. Ulardagi bir lavha, bir og‘iz so‘z yoki tanish kuy bolaligimiz, bobo-buvilarimiz va qadrdon mahallamizni ko‘z oldimizda gavdalantiradi.
Prezidentimiz o‘z davrida siyosiy va mafkuraviy bosimlar qanchalik og‘ir bo‘lmasin, ijodkorlarimiz ana shunday milliy san’at asarlarini yarata olganini tahsinga sazovor deb baholadi.
“O‘zbekfilm” yaratgan bu maktab mustaqillik yillarida ham davom ettirildi. “Abdullajon”, “Otamdan qolgan dalalar”, “Dilxiroj”, “Vatan”, “O‘tov” singari xalqimizga manzur filmlar yaratildi.
O‘zA