Davlat rahbari kino sohasi fidoyilari uchun yaratilayotgan yangi sharoitlarni e’lon qildi
Davlatimiz rahbari kinoijodkorlar uchun yana bir tashabbusni ma’lum qildi. Quyi Chirchiq tumanidagi “Ko‘hinur” sihatgohi to‘lig‘icha ularning ixtiyoriga beriladi.
Mazkur sihatgoh yaqinda zamonaviy talablar asosida ta’mirlanib, jihozlangan. Bu yerda kinoijodkorlarning munosib dam olishi uchun sharoit yaratilgan.
Prezidentimiz ushbu maskan kinochilarimiz kuch to‘plab, yangi-yangi g‘oyalar ustida ishlashiga xizmat qiladigan chinakam ijodiy maskanga aylanishini ta’kidladi.
Bundan tashqari, har yili kino sohasida faoliyat yuritadigan kamida 300 nafar fidoyi xodimga respublikadagi sihatgohlarda dam olish va davolanish uchun bepul yo‘llanma beriladi.
Prezidentimizning "O‘zbekfilm” kinostudiyasida kinoijodkorlar bilan uchrashuvi davom etmoqda.
O‘zA